Кун мавзуси

18:5809.02.2012
The Wall Street Journal газетасининг ёзишича, Конгресс томонидан тасдиқланган ҳарбий ёрдам кўрсатиш ҳақидаги қарор 2013 йилнинг сентябригача амал қилади

Кидириш

Опрос

Лондонда 2012 йил бўлиб ўтадиган Олимпиада ўйинларида Ўзбекистон терма жамоасининг байроқдори ким бўлиши мумкин?



Узб Рус

Motsartning yangi asarlari topildi

12.uz - “Associated Press” agentligi ma’lumotlariga ko’ra, buyuk bastakor Volfgang Amadeya Motsart o’limidan 200 yil o’tib, uning shu paytgacha ma’lim bo’lmagan ikkita yangi asari topildi. Bu musiqiy asarlar bir asrdan ortiq vaqtdan beri Fransiyaning Nanta shahridagi kutubxonada saqlanib kelinayotgan edi.
Avstriyaning Zalsburg shahrida joylashgan Motsart xalqaro fondi tadqiqotchilari 2007-yilning sentabrida ushbu pyesalar Motsartga tegishli bo’lishi mumkinligini e’tirof etishgandi. Uzoq yillik izlanishlardan so’ng topilgan asarlar shubhasiz Motsart ijodiga mansub ekanligi ma’lum bo’ldi.
Mazkur fondning ilmiy izlanishlar yetakchisi Ulrich Leisinger “Motsart buni yoshlik chog’larida, aniqrog’i, 7-8 yoshlarida yozgan”,-degan to’xtamga kelgan. Uning aytishicha, Motsart bu yoshda musiqiy notalarni bilmaganligi uchun u chalayotgan kuylarni otasi Leapold qog’ozga tushirgan. Xalqaro Motsart jamg’armasi o’tkazgan bir qancha izlanishlar ham husnixat uning otasiga tegishli ekanligini tasdiqladi. Biroq mutaxassislar fikricha, Mosartning otasi musiqani uslub jihatdan puxta qilib yoza oladigan bastakor bo’lmagan.
Topilgan asarlar noyob iste’dod sohibining birinchi musiqiy asarini o’z ichiga oluvchi mashhur "Nannerl's Music Book” (“Nannerlning musiqa kitobi”) qo’lyozmasining qismlari deb hisoblanmoqda. Ushbu fortepiano asari namoyishi 2-avgust kuni Avstriyaning Zalsburg shahrida bo’lib o’tdi. Mazkur yangi asarlarni Avstriyalik pianinochi Florian Birsak jurnalistar va keng jamoatchilik uchun Salzburgdagi Motsart uyida buyuk bastakorning shaxsiy fortepianosida ijro etdi.
1756-yil tug’ilgan Motsart 3 yoshidan pianino chalishni, 5 yoshidan musiqa bastalashni boshlagan. U asab kasalligidan 1791-yil 5-dekabrda vafot etgunicha 600dan ortiq asarlar yozishga ulgurdi.
Motsart xalqaro jamg’armasi dastlab 1880-yilda tashkil qilingan bo’lib, bastakorning madaniy merosini asrash, kelasi avlodga asl holidek yetkazish maqsadida ularni tahlil qilishning boshqacha usullarini topishga harakat qilmoqda.

Nilufar Oripova, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O’zDJTU) talabasi
08.08.2009



Янгиликлар

08:1508.02.2012
Ўзбекистон ҳукумати қарори билан жорий этилаётган янги тартиб-қоидаларга кўра, эндиликда тармоқли маркетинг билан шуғулланувчи ташкилот ва шахслар фаолияти қаттиқ назорат остига олинади
07:4106.02.2012
76 ёшли Аслимо Имомёрбекова сўнгги ўттиз йил давомида йилнинг тўрт фаслида ҳам очиқ ҳавода тунайди

Архив

Телефон: (+998 71) 2334327
Адрес: Тошкент ш., Мовароуннахр к-си, 19-уй
Эл. почта: info@12.uz
Best Solutions компаниясида яратилган