12.uz - 1979 yil 11-avgustda sevikli jamoamiz “Pahtakor-79” avia-halokatga uchradi… Bugun e’tiboringizga sport ustasi, O‘zbekiston futbol tarixida yorqin iz qoldirgan, betakror fintlar, dribbling sohibi, “Pahtakor” jamoasida 15 yil to‘p surgan, Gennadiy Krasnitskiy, Berador Abduraimov, Vladimir Fedorov, Mihail An, Vasilis Hadzipanakis kabi jahonga mashur futbolchilar bilan birga to‘p surgan To‘lagan Isoqov bilan o‘tkazilgan suhbatini havola qilamiz. Mazkur suhbatda To‘lagan Isoqov pahtakorchi do‘stlari, ustozlari va bugungi futbolimizning ahvoli hususida so‘z yuritadi. Bir narsaga achinaman,-deb ta’kidlaydi To‘lagan aka, -ular juda yosh ketishdi… biz o‘shanda qanday betakror jamodan mahrum bo‘lganimizni keyinroq angladik… ulardan kelajakda juda iqtidorli futbol mutahassislari, murabbiylar, futbolimiz professorlari etishib chiqar edi… ming afsus ularning qismati shu ekan. Ularni nomlarini birma-bir aytishim mumkin… Pahtakorchilar haqida har qancha gapirsam haqliman, chunki men ular bilan birga to‘p surdik, birga yurdik, yashadik bir qozondan ovqat edik. Hullas aka-ukaday yaqin bo‘lib ketgan edik…
FUTBOLGA BO‘LGAN ILK MEHRIM
Futbol maktabida birinchi ustozim: Mening birinchi ustozim Mar’uf aka Akbarov bo‘lganlar. Bizning eski hovlimiz Toshkent shahrining Xadra maydonida joylashgan Sirk binosining o‘rnida edi. 1966 yil er qimirlagandan keyin biz boshqa erga ko‘chib ketdik. Bolalik davrimda ko‘proq ko‘chada sport o‘yinlari bilan band edim. Mahalla va ko‘chalarda yilning har faslida o‘ziga yarasha o‘yinlari bo‘lgan, mening fikrimcha, aynan manashunday o‘yinlar bolajonlarda sportga bo‘lgan qizikishini oshirgan. Maktablarda “GTO”, “BGTO” sport-znacheklarini sohibi bo‘lish uchun sportning ancha turi bo‘yich zachet topshirish kerak edi. Shuning uchun o‘sha davrning yigitlari chayir, baqquvat va kuchli bo‘ilib o‘sishar edi. Afsus, shu o‘yinlar bugungi kunda yoq bo‘lib ketdi… Bu o‘z navbatida bugungi kundagi yoshlarimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi, bugungi yoshlarimizda sportga qizikish katta deb ayta olmayman. Ular ko‘proq ochiq havoda emas, televizor tagiga yoki kopmyuterga yopishib soatlab harakatsiz o‘tirishni ma’qul ko‘rishadi. Afsus, ko‘pni ko‘rgan ota-onalar ham shu narsaga moyillik ko‘ursatishyapti. Bizlar ertalabdan kechgacha yugurardik, cho‘milishga borardik, ogir chelaklarda bir necha kilometr joydan suv tashib kelardik, mehnat qilardik.
Eski Jo‘vadagi “Spartak” stadioni bizning doimiy o‘ynaydigan joyimiz bo‘lgan. Stadionning yuqori qismida basketbol, voleybol, tenis maydonchalari mavjud edi. Bolalik davrimizda o‘sha erda rezinka koptok bilan rosa futbol o‘ynardik. Keyinchalik “Spartak” bolalar va o‘smirlar futbol maktabida tahsil oldim. Sal vaqt o‘tib esa “Spartak” futbol jamoasiga qabul qilinishim men uchun olamshumul voqeaga aylandi. Aynan, “Spartak” futbol jamoasi meni katta futbol tomon yurishimga turtki berdi. U erda juda ko‘p iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan.
BIZLAR EVROSIYO CHEMPIONATIDA ISHTIROK ETGAN EKANMIZ
Hozir men o‘ylab qarasam, biz o‘ynagan davr kuchli “Evrosiyo” chempionati bo‘lgan ekan, haqiqatdan geografik nuqtai nazardan qarasangiz ham shunday. Bizlar SSSRning Evropa qismida joylashgan kuchli futbol jamolari bilan kuch sinashib, ularni kerak bo‘lsa dog‘da ham qoldirganmiz, evropaliklar biz osiyoliklar bilan hisoblashishga majbur bo‘lishgan. Agar aniq aytadigan bo‘lsam, o‘sha paytlar Osiyo qitasidan Evropa futboli talablariga javob bergan komanda faqat O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosini yaratgan “Pahtakor” jamosi bo‘lgan. O‘sha payt Osiyoning birorta jamoasi O‘zbek futbolidan ustun bo‘la olmagan. Evropa chempionatlarida bugungi suhbatimizni qahramonlari “Pahtakor-79” futbolchilaridan sobiq ittifoq milliy terma va olimpiya jamoalarida Federov va Anlar etakchi mavqeida harakat qilishgan. Bu narsani tan olish kerak.
KATTA FUTBOLDA BETAKROR O‘ZBEK MODELI
Futboldan habari bor inson “zapaznaya skameyka” degan iborani tez tushunib oladi. Bu degani, bir o‘yinchi jarohat olsa uning urnini bosa oladigan o‘yinchi bo‘lishi kerak. O‘sha paytda “Pahtakor”da shunday o‘yinchilar bo‘lgan. Sobiq ittifoq davrida “Pahtakor”ning o‘z o‘yin uslubi bo‘lgan, o‘sha uslub ananaviy bo‘lib bir avloddan ikkinchi avlodaga o‘tib kelgan. Bunday uslublar boshqalarda ham ko‘zga tashlangan. Aytaylik, gruzinlarning “Dinamo”, armanlarning “Ararat”, ozariylarning “Neftchi” va boshqa sovet respublikalari vakillarining ham o‘z uslublari bo‘lgan. Lekin bizning uslubimiz o‘zbekona bo‘lgani uchun uni betakror, jozibador “O‘zbek modeli” deb aytishadi.
Esingizda bo‘lsa bizlar ham o‘z paytida V.Lobanovskiy kashf etgan hujumkorlik taktikasini qo‘llab katta yutuqlarga erishganmiz. Hujumda bira to‘la uch hujumchi Federov-Hadzipanakis-Isokov qatnashib mashhur futbol jamoalarini sarosimaga tushirb qo‘yardik. O‘shanda biz hattoki ularning taktikasini qo‘llab, Evropaning eng dongdor jamoasi bo‘lmish Kievning “Dinamo”sini avval Toshkentada 5-0, keyinchalik Kievda 1-0 hisobda mag’lub etib, g‘alaba qozonganmiz. Ahamiyat berdingizmi, bizlarda hujumchilar kuchli edi… M urabbiylar uchta hujumchini maydonga chiqarib qo‘yib, qo‘rqmasdan harakat qilar edilar. Hozir esa hujumda bitta hujumchi bilan o‘ynashadi, men bunga hech tushuna oilmayapman…
Bundan tashqari bizlar orqaga qaytib himoyada ham o‘ynar edik. Aytmoqchimanki, O‘zbekistonda talantli futbolchilar ko‘p, faqat ularni topib, to‘gri tarbiyalab voyaga etkazish kerak. Shunday amaliy ishlar o‘sha damda qilingan. Bizlarda hujumchilar har doim kuchli bo‘lishgan. Men o‘ynagan davrda: Krasnitskiy, Abduraimov, Ibragimov, Bektoshev, Fedorov, Hadjipanakis singari dongdor hujumchilar bo‘lishgan. Ularning hammasi O‘zbek futbol maktabida etishib chiqqan mashhur futbolchilar bo‘lishgan. Nomlari tilga olingan o‘yinchilarning barchasi turli yillarda sobiq ittifoq milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalarida muvaffaqiyatli to‘p surishgan, ularni el tanirdi.
MENI KATTA FUTBOL MAYDONIGA ETAKLAGAN BUYUK MURABBIY
Men “Pahtakor” futbol jamoasida 15 yilcha to‘p surdim, tog‘-tog‘ va’dalarni qilib boshqa jamoalarga chaqirishganda ham hech qaerga jilmay “Pahtakor”ga sodiqligimcha qolaverdim. Hozir ham mazkur jamoaniong fidoyisiman. Mashhur “Pahtakor” jamoasiga men 1966 yili, 17 yoshga to‘lmasdan kirib kelganman. Bunga asosiy sababchi Buyk murabbiyi Mihail Yakushin bo‘lgan. O‘sha yili “Chig‘atoy” sport bazasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan edi. Shu payt bir himoyachini ko‘p marta to‘p bilan turli hil hiyla usullar bilan aldab o‘tishni mashq qilayotganimda M.Yakushin chetda turib bizlarni ku‘zatayotgan ekan. Mening bundan umuman habarim bo‘lmagan. Keyin u kishi bizning murabbiyimiz Sergey Arutyunovga murojaat qilib meni o‘z ho‘zuriga chaqirtiradi. Oldiga borganimda u mendan haqiqiy futbol o‘ynashini hohlaysanmi? - deb so‘radi. Men, -ha, deb javob berdim. Keyin biro‘z suhbatlashdik, so‘ngra meni ertasi kuni “Pahtakor” stadionida o‘tadigan mashg‘ulotga kelishimni tayinladi. Ertasiga aytgan vaqtda mashg‘ulotga etib bordim.
O‘zizngiz bir o‘ylang, yoshgina, oddiy bir futbolchi birdaniga mashur futbolchilar Krasnitskiy, Pshenichnikov, Suyunov, Stadnik, Bektoshev, Abduraimov, Ibragimov, Naumenko, Shtern, Dotsenko… shuncha yuldu‘zlarni orasiga tushib qolgan oddiy futbolchi o‘zini yoqotib qo‘yar ekan… Dunyoga mashhur, sobiq ittifoq milliy terma jamoasida ishtirok etgan Gennadiy Krasnitskiy, olimpiya terma jamoasi a’zosi Birodar Abduraimov, yoshlar orasida Evropa chempionlari Bektoshev, Dotsenko kabi futbolchilar orasida o‘rini egallashni hayolimga ham keltirmaganman.
“BAHAYBAT”OYOQLI SERGEY DOTSENKO BILAN OLISHUV
Mihail Yakushin meni juda iliq kutib oldi va sport formamni kiyib maydonga chiqishimni tayinladi. Chigil yozganimizdan keyin menga Sergey Dotsenkoni ko‘rsatib endi shu himoyachini to‘p bilan aldab o‘tasan dedilar. Dotsenkoni bahaybat oyog‘ini ko‘rib ochig‘i qo‘rqib ketdim… oyog‘i haqiqatdan ham juda katta edi, hamma yog‘i mo‘shaklardan iborat, temir oyoqqa qiyosladim. Aldayman deyman, alday olmayman, 2-3 marta shunday harakat qilib ko‘rdim, bo‘lmadi... M.Yakushin bundan so‘ng meni o‘z oldiga chaqirtirib, sen hayajonlanma, qo‘rqmasdan bemalol harakat qilgain, kechagi himoyachini qanday aldab o‘tgan bo‘lsang, bugun ham shunday harakat qilgin, deb dalda berdi. Undan keyin, bir narsani bilib qo‘ygin, agar futbolda uyalib, tortinib harakat qilsang hech narsaga erisha olmaysan, futbol maydonida vajohatli bo‘lgin, jasurona va har bir qarich er meniki, deb tirmashib kurashish zarur, degan so‘zlarini bir umrga eslab qoldim. Bu gapdan keyin ruhlangan holda yana Dotsenkoni yoniga borib to’p uchun kurasha boshladim, endilikda kurash boshqacha bo‘ldi. Kurashdim, harakat qildim va uni bir necha marta aldab o‘tishga erishdim…
“PAHTAKOR” TARKIBIDA BIRINCHI SAFAR
Mashg‘ulotdan keyin Mihail Yakushin meni pasportim va boshqa hujjatlar bilan ertasi kuni aeroportga kelsihimni tayinladi. Bu degani menga ishonch bildirilib komanda bilan navbatdagi turga ketishimni bildirar edi. Hursandligimdan ichimga sig‘mas edim. lekin boshqa shaharga borish uchun o‘sha paytda hattoki tu‘zukroq kiyadigan kostyumim ham yo‘q edi. O‘shanda biz ko‘pchilk qatori yashar edik. Otamga yordam bo‘lsin deb, men kechki maktabda o‘qib, kunduzi esa qurilishga borib ishlar edim. O‘shanda yaqin bir o‘rtog‘imning kostyumini kiyib safarga jo‘nadim. Safardagi o‘yin oliy liganing rasmiy musobaqasi ramkasida o‘tqazilayotgan o’yinlar sirasidan bo’lib, biz Donetskning “Shahter” va Odessaning “Chernomorets” jamolariga qarshi o‘ynashimiz kerak edi. Meni jamoaning o‘rinbosarlar (dubler) tarkibiga kiritishgan edi. Ammo, o‘yinga tushirishmadi, zahiradagi o‘yinchi sifatida o‘yinni kuzatib itirib katta futbol muhitiga o‘rgana boshladim. Ikkinchi kuni asosiy tarkib o‘yinchilari bilan birgalikda mashqlarda ishtirok etdim. Keyin Odessaga uchib bordik, u erda ham vaqtni zahirada o‘tkazdim… o‘shanda hom hayolga borib, demak mening o‘yinim bo‘larga yoqmabdi shekilli, deb o‘yladim.
“PAHTAKOR” TARKIBIDA ILK O‘YINIM VA BIRINCHI KIRITGAN GOLIM
Toshkentga qaytib kelganimizdan so‘ng, meni Kuybishevning “Krilya Sovetov” jamoasiga qarshi o‘yinga 20 minut qolganda maydonga tushirishdi. Jamoamiz 0-1 hisobda yutqazib turgan edi. Toshkentlik muhlislarimiz shunchalik faol ediki, hattoki dublerlar o‘yiniga ham 20-25 ming muhlis kirar edi. Behos, maydonga hechkimga ma’lum bo‘lmagan, eshitmagan o‘zbek futbolchisining paydo bo‘lishi ko‘pchilkni qiziktirib qo‘ydi… O‘shanda menga yarim himoyachi Shevochkov chiroyli to’p oshirib oldingi qatorga chiqarib qo‘ygan edi, men butun mahoratimni ishga solib oldinga tezlik bilan yugurib qattiq zarba bilan chiroyli gol kiritdim. Bu mening masterlar jamoasidagi ilk golim edi. Shundan keyin men oshirib bergan to’pim bilan hisobda oldinga o‘tib oldik va o‘yin tugagyncha yana bir gol urib hisobni 3-1 ga chiqarib g‘alaba qozndik.
MIHAIL YAKUSHINNING O‘GITLARI
Bu o‘yinda men elib, uchib yugurib chiroyli o‘yin kursatishga harakat qildim. Ikkinchi kuni mahalliy sport gazetalari mening o‘yinim haqida batafsil ma’lumot berib ilk o‘yinimga ijobiy baho berishdi. Esimda bor, meni birinchi debyutim va kiritgan golim bilan birinchilar qatorida Yuriy Pshenichnikov tabrikladi. Undan keyin Krasnitskiy, Rahmatullaev, Abduraimovlar ham meni tabriklashib omadlar tilashdi. Shunday buyuk futbolchilar oilasiga kirib kelishim shu tariqa boshlandi. Bu o‘yinimni kuzatgan M.Yakushin meni o‘ziga chaqirtirib olib, yahshi o‘yinimdan mamnun bo‘lganini yashirmadi, va meni jamoaga qabul qilsihini e’lon qildi va menga qarab, -Bilasanmi senga kancha ish haki beramiz? - deya so‘z boshladi va biroz jim qoldi…. Sal vaqt o‘tib past ovozda yana shu gapni kaytardi. Keyin menga tikilib qarab oylik masalasidagi savolini uchinchi bor qaytargan edi, men uning gapini bo‘lib, -Mihail Iosifovich, men pul uchun futbolga kelmayapman, bu asosiy maqsadim emas, men futbol o‘ynamokchiman, mening katta futbolchi bo‘lish orzuim bor, deb jabob qaytargan edim… O‘shanda Yakushin: Agar sen pul uchun futbolga kelmokchi bo‘lsang, hech qachon futbolchi bo‘la olmaysan. Sen yahshi futbolchi bo‘lsang, pulni o‘zi seni qidiradi, - deb aytgan gaplarini men bir umr yodimda saqlab qoldim va shogirdlarimga ham doim shuni uqtirib keldim. Hozirgi zamondagi ayrim futbolchilarga hayron qolaman, hali to‘g‘ri to‘p tepishni bilishmaydiyu, lekin birinchi navbatda qancha oylik berasiz, deb savol quyishadi. Bilasizmi, o‘sha vaqtda farroshlar 70 so‘m oylik olardi, menga esa oldiniga 60 so‘m oylik ish haqi belgilangan edi. Asosiy tarkibdiga futbolchilar esa o‘sha payt 250 so‘m oylik ish haqi olar edilar.
MAQSADIM ASOSIY TARKIBDA TO‘P SURISH VA ETUK FUTBOLCHI BO‘LISH EDI
“Pahtakor” safiga qabul qilinganimdan so‘ng, o‘z oldimga jiddiy vazifalarni qo‘ydim, maqsadim etuk futbolchi bo‘lish edi. O‘shanda ustozim Mihail Yakushin rahbarligida o‘z ustimdan tinmay ish olib borib, tajribamni, mahoratimni oshirishga kirishdim, ko‘shimcha mahsg‘ulotlar o‘tkazib katta ter to‘kishga to‘g‘ri keldi. Katta futbolchi bo‘lisni o‘zi bo‘lmaydi. Odiiy misol, asosiy tarkibda to‘p surish uchun siz Krasnitskiy, Abduraimov, Bektoshev va boshqalardan qolishmasligiz kerak edi, yana ham to‘g‘riroq aytish kerak bo‘lsa ulardan ham yahshiroq harakat qilishingiz talab qilinardi. Shundagina siz asosiy tarkibga da’vogarlik qila olasiz. Hamma qilgan harakatlarim zoe ketmadi, tirishqoqligim va mahoratim tufayli bir yil deganda asosiy tarkibdan joy egalladim. O‘shanda menga ham 250 so‘m oylik belgilandi. Meni pahtakorchilar juda iliq kutib olishdi, hech qanday yomon ko‘z bilan qarashlar bo‘lmagan. Krasnitskiy, Abduraimov kabi futbol yulduzlari bilan tezda til topishib ketdim. O‘sha paiytda futbolchi degan kasbni o‘zi bo‘lmagan, bizlarni sport masalalari buyicha instruktor lavozimida ushlab turishgan. O‘shanda Kievning “Dinamo” yoki Moskvaning “Spartak” komandasini yutsak 200 so‘mdan bizlarga mukofat puli ham berilardi.
“PAHTAKOR” JAMOASI O‘ZBEKNING G‘URURI
“Pahtakor” futbol jamoasi o‘zbek millatining g‘ururi. Bilasizmi, “Yalla” guruhida Shahboz Nizamutdinov ismli solist bo‘lar edi, biz u kishi bilan ancha yildan beri do‘stmiz. U kishi qushiq va musiqa ijro etishdan tashqari sh’er ham yozib turardi. Uning quyidagi oddiy, ammo chuqur ma’noli misrasiga ahamiyat bering-a: O‘zbekistonni dunyoga tanitgan “Yalla”, “Bahor”, “Pahtakor”… Biz futbolchilar ham o‘z navbatida ular bilan yaqin aloqada bo‘lib turganmiz, asosiy maqsadimiz esa, O‘zbekistonni hammaga tanitish bo‘lgan. Hali-hali eslayman, futbol o‘yinlariga Shgukur Burhonov, Nabi Rahimov, Gani A’zamov, Malik Kayumov, Botir Zokirov, Soyib Hujaev, Ergash Karimov, Bahtiyor Ihtiyorov va boshqa yirik san’at ustalari doimo muhlis sifatida kelib turishardi. Biz bularni hammasini bilar edik va shunga binoan chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilganmiz. Aytmoqchimanki, futbolni halqimiz juda sevar edi.
MENING IDEALIM -BUYUK FUTBOLCHI GARINCHA
Yoshligimda men braziyalik Buyk futbolchi Garincha to’g’risida film ko’rganman. U inson to’grisida turli afsonalar yurardi. Biri uning bir oyigi kalta deydi, boshqalari yana boshqa gap tarkatishardi… Unga qarshi o‘ynagan bir necha futbolchilarni taniyman? Ular o‘z davrida menga ham qarshi o‘ynagan. Uning bir finti juda mashhur bo‘lgan. Bu fint bilan u hammani “qarmoqqa” ilintirardi. Huddi chapga harakat qilmoqchi bo‘lganday ko’rsatardi-yu, ammo shu zahoti o’nga qarab katta tezlik bilan chopib ketardi, unga hech kim eta olmasdi... Hamma shunday bo’lishini bilardi, lekin baribir unga tutilaverishrdi.
Men Buyuk futbolchi Garinchadan ko‘p narsani o’rganishga harakat qilganman. Filmlardan foydalanib uning o’yin uslublarini diqqat bilan kuzatar edim va o’zim uchun kerakli bo’lgan elementlarni qayta ishlay boshladim. Men ham unga o’hshab qanoat hujumchisi edim. Men uchun qizganish, o‘zim gol uraman degan narsalar yod edi. Lekin mening o‘zim o’ylab topgan fintalrimning hammasi betakror bo‘lib sermashshqat trenirovkalar evaziga hayot yuzini ko’rar edi. Bunday fintlarni kashf etish ham hammaga nasib qilavermaydi, bu ham parvardigordan berilgan ne’mat deb bilaman. Meni futbol maydonida jamoadoshlarim tezkor harakatimni hisobga olishib qisqacha “Tulya” deb chaqirishardi. O‘zimda tezlikni ko‘paytirib, birdaniga to’htab, raqibni chalg’itib, shoshiltirib qo’yib yana katta tezlikda undan o’tib ketib oldinga intilishni ancha vaqt mashq qilib o’zlashtirdim. U mening o’yinimga ijobiy ta’sir qilardi. Buni ham individual holatda katta mashq qilish evaziga erishish mukin. Bir tarafdan oddiy bo‘lib ko’ringan bu fint, ko‘pchilkni qo’lidan kelmasdi, ular tushunishmasdi ham. Bo’lmasa bu juda oddiy uslub, nima sababdan bugungi kunda shundan foydalanishmayotganligiga hayronman…
DNEPROPETROVSKNING “DNEPR” JAMOASI USTOZLARINING E’TIROFI
Murabbiyimiz Kochetkov davrida biz navbatdagi o‘yinni Dnepropetrovskning “Dnepr” jamoasiga qarshi o‘ynashimiz kerak edi. Dnepropetrovskka etib borganimizda meni sal mazam bo‘lmagani uchun mehmonxonaga junatib yigitlar bilan 40 minutlik mashq o‘tkazildi. Men mehmohonaga kirib dam oldim. Ertalab eshigimni birov taqillatdi. Bir payt honamga bir noma’lum kishi kirib keldi. O‘zini “Dnepr” jamoasining boshlig‘i deb tanishtirdi. Menga katta miqdorda ya’ni 50 ming rubl pora keltirganini, mengacha esa Federov va Anlar bilan gaplashganini va ular uni honalaridan quvib chiqarganini aytdi. Bu pullarni uchalayla bo‘lishib olinglar, faqat bugun “Dnepr” galaba qilishi kerak, bo‘lmasa komandamiz oily liga bilan hayirlashadi deb, iltijo qildi...
Mening jahlim chiqib, unga o‘dag‘ayladim, u ham meni shantaj qilmoqchi bo‘ldi. Men undan qo‘rqmasligimni, Federov va Anlar uni quvib haydaganlarini to‘g‘ri qilgan deb men ham uni honamdan quvdim. Men Kochetkovni qidira boshladim, va unga orqamdan sharpa bo‘lib yurgan boshlikni ko‘satdim va bugungi o‘yinga meni qo‘ymasliklarini so‘radim. Chunki golli vaziyatda to‘pni darvozaga kirita olmasam menga pora berilgan degan gap chiqishini anglagan edim. Lekin Kochetkov bundan habari borligi, sal oldin Federov va Anlar unga bu haqda gapirib berganliklarini aytdi. Yelkamga qo‘lini quyib, men sizlarga ishonganim uchun sizlar bilan ishlayapman… bugun albatda o‘yinga chiqasan, - deb tassali berdi. O‘yinning 63- minutda vaziyatdan tog‘ri foydalanib “Dnepr” jamoasi darvozasiga chiroyli gol kiritdim va biz g‘alaba qozondik. Futbolchilarning yechinish honasida bizlarning kayfiyatimiz juda zo‘r edi. Bir mahal eshik ochilb “Dnepr”ning barcha rahbarlari kirib kelishdi. Sizlar o‘z futbol jamoangiz bilan fahrlanishingiz kerak. Chunki sizlarning tarkibingizda hoin sotqinlar yoq ekan deyishdi. Shu bilan Toshkentga qaytdik.
ODESSADAGI SARGUZASHTLAR
1975 yili bizlar Oddesaning “Chernomorets” jamoasiga qarshi o‘ynadik. O‘yin ham biz o‘ylagandek 1-1 hisobda during bilan tugadi. Bitta golni o‘zim kiritgan edim, hisobda oldinda edik, lekin ikkinchi bo‘limda bitta to‘p o‘tkazib yubordik. Baribir, mehmonda odessiyaliklardan bir ochko tortib olish yomon ko‘rsatkich emas edi. Samoletgacha hali ancha vaqt bor edi. Oddesaga kelib Qora dengiz sohiliga borib cho‘milmay qaytish biz uchun g‘alati tuyuldi. Shunda men, Федоров, Ан, Лакис… to‘rtalamiz cho‘milgani ketdik. Borsak ancha-muncha odam bizlarni tanib so‘rashib gaplashishga harakat qilishdi. U erdagi plyaj yonida qum ustida mo‘jazgina futbol maydonchasi ham bor ekan. Bir mahal, 3-4 yigit oldimizga kelib, qumning ustida bir futbol uynamaymizmi, deb iltimos qilishdi. Biz ularga oddiy til bilan o‘zi kimlar bilan suhbatlashayotganliklarini bilasizlarmi, deb aytdik. Bizlar oily liga futbol jamoasi ekanligimiz, qolaversa futbol ustalari ekanligimizni yana bir bor ularga tushuntirishga urinib ko‘rdik. Yigitlar yana iltimos qilishib, bizlarga ham esdalik bo‘lsin, yutqizsak ham mayli, ammo, shunday mashhur futbolchilarga qarshi o‘ynadik deb keyinchalik mag‘rurlanib yuramiz, iltimos ko‘ninglar deb qo‘yishmadi. Ular to‘rttaga to‘rtta o‘ynab bir yashik pivo uchun o‘ynaymiz, deb aytishdi. Bizlar yigitlarni hafa qilmasdan ko‘nishga majbur buldik. Bu yogiga hafa bo‘lmaysizlar deb, qani maydonga chiqinglar deb o‘yinga kirishdik. Qumning ustidagi futbol tamomila boshqacha ekanligini keyin tushundik… Uning ustiga lotinamerikalik futbolchilaridan qolishmaydigan mujazgina jamoa bizlarni yosh bolalarday aldab o‘tib juda yirik hisobda mag‘lub etishdi… Kayfiyatimiz juda tushib ketdi. Ular esa bizga bir yashik pivo hadya etishib ko‘nglimizni oz bo‘lsada ko‘tarib qo‘yishdi: Ko‘pda hafa bo‘lmanglar, sizlardan oldin bu erga Kievning “Dinamo” futbol jamoasi kelib ketgan. Oleg Blohin boshliq yigitlarni ham 5-0 hisobda dog‘da qoldirganmiz... Bu gapni eshitib kayfiyatimiz ko‘tarilib hammamiz birdaniga kulib yubordik… Keyinchalik Odessaga o‘ynagani borganimizda u plyajga boshqa bormaydigan bo‘lganmiz…
“PAHTAKOR” MEHMONDO‘ST VA AHIL JAMOA BO‘LGAN EDI
Ahillik va do‘stlik borasida marhum yigitlarimizdek jamoa bo‘lmagan. Bu jamoada O‘zbekistonlik turli millat vakillari jamlangan edi. Bizning bitta shiorimiz bo‘lgan: Bir futbolchi hamma uchun, hamma bir futbolchi uchun. Shu ahillik hayotlarini ohirigi daqiqalarigacha davom etdi… Biror do‘stimizni to‘yi bo‘ladimi, tug‘ilgan kuni bo‘ladimi yoki ma‘rakasi bo‘ladimi hammamiz hotinlarimiz bilan birga borib qatnashib kelar edik. Mishaning bir yahshi odati bor edi. U bizlarni doimo “Politotdel” kolhoziga taklif qiliob “kuk-si” bilan mehmon qilardi. Men bilan Olimjon Ashirov ko‘prok choyxonada o‘zbekcha palov qilib yigitlarimizni chaqirardik, hullas kalom doimiy yigilishimizga har doim qandaydir sabab bo‘lar edi.
Jamoada o‘z ananalarimiz bo‘lgan g‘alaba nashidasini ham, mag‘lubiyat alamanini ham birga baham ko‘rardik. G‘alaba qozonganimizda ko‘cha-ko‘yda bemalol yurardik…, ammo, mag‘lubiyatga uchraganimizda ko‘chaga chiqishga uyalardik. Ayniqsa, pahta yig‘im terimi sezonida kattalar kelib bizlardan iltimos qilishardi har bir g‘alaba pahta teruvchilarni kayfiyatini ko‘tarib pahta-planini bajarilishiga katta hissa ko‘shardi. Biz ham shularni anglardik va ayniqsa kuz oyida har bir o‘yinga jiddiy tayorgarlik qilib chiqishga harakat qilardik.
Bizlarda yahshi odatimiz bor edi. Toshkentga kelgan barcha jamoalarni choyhonaga taklif qilib o‘zbekcha osh palov damlardik. Shuning uchun sobiq SSSRda bizning ko‘pgina do‘stlarimiz bo‘lgan. Bizlar ham ularning shaharlarga borganimizda ular ham bizlarni o‘z shahrini tarihiy joylarini ko‘rsatishar edi. O‘shanda biz o‘zimizning tarihiy obidalarimiz nimaga ta’mirlanmiyapti, qandaydair nursiz bo‘lib ko‘rinardi. Mana O‘zbekiston mustalkillikka erishdi, bugungi kunda Samarqand, Buhoro, Xiva va boshqa shaharlarimiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi, tarihiy obidalaraimiz tiklanganini ko‘rib ko‘zim suynadi quvonchim ichimga sig‘maydi. Mana Jahon Kubogi bahsida o‘zbekning farzandi bizning futbolimiz qanakaligini namoyish qildi, endigi navbat milliy terma jamoamizga ham keldi.
HAYOTIMDAGI JIDDIY JAROHAT…
Donetskning “Shahter” jamosai bilan bo‘lgan uchrashuvda men qattiq jarohat oldim. O‘shanda “Shahter”ning A.Pyanih degan futbolchisi oyog‘imga sakrab menga qattiq tan jarohatini etkazdi. Toshkentlik shifikorlarga rahmat, meni juda qisqa muddatda keyingi o‘yinga tayorlashdi. Shundan so‘ng biz Moskvaning “Dinamo” jamosaiga qarshi o‘ynadik. “Dinamo”ning A.Novikov degan himoyachisi huddi o‘sha, ilgari jarohat olgan joyimga ikkinchi bor jiddiy jarohat etkazdi… Oyog‘im qattiq lat edi. Bu hayotimda eng og‘ir jarohat edi… Biz o‘shanda 0-1 hisobda yutqazayotgan edik, uning ustiga ikkita o‘yinchimiz ham almashgan edi. Mening nafaqat chopishimga, hatoki yurishimga ham madorim yoq edi, oyog‘im zirqirab og‘riyotgan edi. Ammo jamoadoshlarimning qistovi bilan o‘yinni davom ettirdim, o‘yinga kirishib ketib og‘riqlarni sezmay qoldim. O‘sha kuni biz mag‘lub bo‘ldik, kechqurun mehmonhonada dam olayotganimda juda qattiq, chiddab bo‘lmas og‘rikni sezdim.
O‘sha kuni bizning professional doktorimiz Chumakov menga juda katta yordam berdi. Men umrimda hali bunaqangi yuqori malakali, professional doktorni ko‘rmaganman. Kechasi soat 1-2 larda og‘riq juda azob berayotgligini va jarohat avj olishi mumkinligini sezib, tezyordam chaqirdi va meni opichib bir o‘zi Moskvadagi travmatologiya kasalxonasiga olib bordi. Doktorlarning fikriga ko‘ra oyog‘imda gematoma paydo bo‘lib, qon bir joyda jamlanib yahshi yurishmagani sababli og‘riq kuchaygan. Menga yaqin orada uynay olmasligimni va jiddiy mualaja olishim kerakligini uqtirishdi. Keyingi o‘yinimiz Vorosholivgradning “Zarya” komandasi bilan edi. Ertalab murabbiyimiz meni ko‘rib qanaqasiga jarohat shunchalik avj olganiga hayron bo‘lib qaradi… Oyog‘imdagi gipsini ko‘rib undan ham hayron qoldi. Chunki doktorimiz Chumakov hechkimni o‘yg‘otmay, ovora qilmasadan hammasini o‘zi hal qilgan edi.
Meni Toshkentga samoletda uchirib yuborishdi. Toshkenda men Arpapoya ko‘chasidagi mahsus kasalxonada davolandim. U erda meni futbolimizning ashaddiy muhlisi Aleksandr Terkin ismli vrach davolashga kirishdi. Uning gapiga qaraganda jarohatim jiddiy, gangrenaga aylanishi havfi borligini aytdi. Oyoqdagi qonni chiqarib olish zarurligini, agarda yiring paydo bo‘lsa murakkab operatsiya qilish zarurligi va men kamida 2 yil futbol o‘ynamasligim kerakligini ham aytdi. O‘shanda 30dan oshgan edim… 32 yoshda futbol formasidan chiqqan o‘yinchi kimga ham kerak bo‘ladi? …
Lekin opertasiya jiddi ekanligi sababli u operatsiya qilshdan bosh tortdi. Men unga hamma narsaga roziman, faqat chidab bo‘lmaydigan og‘riqni sal bo‘lsada to‘htatishni o‘tinib so‘radim. Tezda opertasiya qilishdi, doctor juda tajribali ekan, hammasi joida bo‘ldi. Lekin 2 oy chopa olmasligim va to‘p tepmasligimni uqtirdi. Keyin bir tanishim menga Toshkentda 2ta hitoy tabibi borligini aytib, ular igna sanchish mualajasi bilan dardimga shifo topishim mumkinligini aytdi. Hitoy tabiblari oyog‘imni ko‘rib, muolaja o‘tkaza boshlashdi va bir oyda o‘yinga chiqib ketasiz deb va’da berishdi. Bir haftadan so‘ng men sekin asta harakat qilsihga kirishdim, lekin hassani tashlashga hali erta edi…
“PAHTAKOR-79”. FOJIA XRONIKASI:
SO‘NGI UCHRASHUV. DO‘STLARIM BILAN VIDOLASHUV…
1979 yilning 8-avgusti. Sobiq ittifoq chempionatining ikinchi yarmi endi boshlangan edi. O‘sha kuni Varoshilovgradning “Zarya” jamoasini 3-1 yutdik, hammada ko‘tarinki kayfiyat, men futbolchilarning yechinish xonasiga kirib yigitlarimizni tabrikladim. Ular meni ko‘rib hursand bo‘lishib, tez safga qaytishimni, rejada qiladigan ishlarimiz, birga ga’laba qozonishim kerak bo’lgan o’yinlarimiz ko‘pligini ta’kidlashdi. Darhaqiqat, o‘sha kuni yigitlarimizda qandayadir ko’tarinki kayfiyat, kuch-kuvvat, ko‘zlarida olov, birdamlik, juda do‘stona muhitni sezdim. Nimaga deb so‘rasam, yigitlarimiz bu yil chempionlik uchun kurashga astoydil bel bog‘laganliklarini aytishdi… Mening o‘rnimga Shuhrat Eshbutaev chiqib, mening yoqligimni bildirmaslikka harakat qilgan edi. Ular bilan birpas o‘tirib ancha hazil-huzul qilb kulishdik, lekin bu uchrashuv men uchun eng so‘ngi uchrashuv ekanligini, ularni boshqa ko‘ra olmasligimni hayolimga ham keltira olmas edim… Hamma bilan birma-bir quchoqlashib hayirlashdim va ertangi kuni, ya’ni, bir kundan keyin men Moskvaga uchib borib u erdagi mutahassislarga ko‘rinishim kerakligini yigitlarga aytib ulardan uzr so‘rab uyga qaytim.
1979 yilning 9-avgusti. Moskvada men professor Zoya Sergeyevna Mironova degan Ortopediya institutining katta mutahassisiga ko‘rinishim kerak edi. Ertalab aeroportga borganimda u erda meni jamoamizning ma’muri Mansur Tolibjonov kutib turgan ekan, ketishim bilan bog‘liq hamma masalalarni hal qilishga yordam berdi va men Mosvaga uchib ketdim. Moskvaga etib borgach, birinchi navbatda men bizlarga ustozlik qilgan, o‘sha “Pahtakor-79”ning arhitektori, jamoa poedevorining birinchi tamal toshini qo‘ygan Buyuk murabbiy va haqiqiy inson Vyacheslav Dmitrievish Solovyovning uylariga bordim, ular uchun ataylab O‘zbekistondan qovun va ho’l mevalar olib olgan edim. Biz ancha vaqtgacha uylarida gaplashib o’tirdik, Toshkentni, milliy urf odatlarimizni va ayniksa Solovyov tarbiyalagan yigitlarni esladik. Solovyov dardga chalinmaganda, men bunga shubham yoq, aynan shu inson “Pahtakor”ni yaqin orada chempionlikka olib chiqardi. U shuncha katta va dongdor jamoalarda ishlab faoliyat yuritdi, ammo “Pahtakor”ga nisbatan mehri va e’tibori eng yuqori bo‘lganlanini doimo ta’kidlardi.
1979 yilning 10-avgusti. Ertalab hamma rentgen-snimkalar va tashxis natijalarini olib Zoya Sergeeyvnani huzuriga bordik. Opa barcha hujjatlarimni birma-bir ko‘zdan kechirib, oyog‘imni ham diqqat bilan ko’rdilar va V.D. Solovyovga qarab Toshkenta shunchalik kuchli hirurglar borligiga hayron qolganligini ta’kidladilar… Bundan yahshi muolajaning o‘zi yoq. Hammasi tug‘ri qilingan. Men ham hayron bo‘lib qoldim, Moskvadagi kasalxonaga yotish uchun SSSR Ministrlar Kengashining mahsus hati bo‘lishi kerak, uning ustiga umuman kasalxonada yotaverganimdan bezillab qolgan edim… Bo‘lmasa uyimga ketaveray desam, doctor o‘zingiz bilasiz deb quya qoldi.
MEN UCHUN HAYOT-MOMOT DAQIQALAR... PESHONAMGA BITILGAN TAQDIR
Doktorxonadan chiqib, biz V.D.Solovyovning ishxonalariga borib nima qilishni o‘yladik. O‘shanada men Toshkentga telefon qildim. O‘zbekiston sport qo‘mitasining raisi Mirzaolim aka Ibrohimov bilan gaplashdim. Keyin katta murabbiyimiz Oleg Bazileevichga ham telefon qildim. Ular, jarohatim tu‘zalayotganini eshitib hursand bo‘lishdi va tezda Toshkentga qaytishimni, pahtakorchilar safida 11 avgust kuni Minskka uchib ketishim zarurligini aytishdi, yigitlarni qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta’kidlashdi. Menimcha ular hali hassa tayanib yurganimni bilishmasdi ... Minskdagi o‘yindan so’ng Bazileevichning eski do‘sti mashhur vrach Elizarovga jarohatimni ko‘rsatish niyatlari borligini ham aytishdi. Bu ishlarning hammasi fojeadan bir kun oldin 10-avgustdagi gaplar…
Men hamma gapni V.D. Solovyovga aytib berdim, u kishi bir oz o‘ylab keyin yahshi o‘yinga kirishib ketishim uchun hali kamida 2 oy muhlat kerakligini qayd etib, hozir shoshilmay, jarohatimni ohirigacha tuzatish, amaliy mashqlarni o‘tkazish, o’z ustimda ishlash kerakligini maslahat berdi va davolanish chog’ida uning uyida turaverishim ham mumkinligini aytdi.
Avvaliga ikkilandim, keyin ustozning gaplariga kirib shunday ish tutdim, hitoylik tabiblarning ham bir oysiz o‘yinga tushmagin deb, kat’iy aytgan gaplarini ham esladim. “Pahtakor-79” bilan bog‘liq mudhish voqea o‘tib ketganidan so‘ng o‘ylab qarasam, bu Ollohdan menga berilgan katta ne’mat deb bildim, Parvardigorni o‘zi meni hatardan asragan ekan…
MUDHISH FOJEANING RO‘Y BERISHI
1979 yilning 11-avgusti. 11-avgust kuni Moskvada men sobiq pahtakorchilar Leonov, Kuzmin, Patrikeev va boshqalar bilan uchrashishim kerak edi. Shu kuni biz Kuzminni uyida yig‘ilishib eski voqealarni eslab suhbatlashib o‘tirgan edik, shu asnoda telefon jiringlab qoldi… Sizni so‘rashyapti, deb menga telefon go‘shagini tutkazishdi. U tomonda yiglamsiragan ayolning ovozi eshitildi, u V.D.Solovyovning rafiqasi edi. Pahtakorning halokati haqida uzuq yuluq so’zlsrni anglaganimda sekin asta esim og‘ayotgandek tuyuldi xuddi…, ko‘z oldim qorong‘ilshdi… tik turaolmay stulga yiqila yozdim… tilimga bir so’z kelmay, o‘rtoqlarimga bu mudhish habarni aytishga o‘zimda kuch topa olmasdim… hamma meni ko‘rib qo‘rqib ketdi… Opamizning menga qarata, sen ikkinchi Bobrovsan!, Bobrovsan! degan gaplari g‘ira-shira esimda qoldi…Ko‘zlarimdan tinmay tirqirab yosh oqa boshladi. Keyinchalik bilsam buyuk hokkeychi va futbolchi Bobrov huddi menga uhshab 50-yillar boshida Moskvadan Sverdlovskka uchadigan samoletda jamosaidan qolib ketib tirik qolgan ekan… V.D.Solovyovning gapirishga madori bo‘lmay karaht holatda bo’lib, shuning uchun bizlarga uning rafiqasi telefon qilgan ekan.
Hammamiz tezda V.D.Solovyovning uyiga etib bordik, u kishi bizlarni kutib turgan ekan, har birimizni quchoqlab ho‘ngrab yig‘lab ko‘rishdi, biz ham yig‘ladik. Shuncha erkakni yig‘laganini g‘alati bo‘lar ekan. Lekin Toshkentda bundan-da dahshatli manzaralar bizlarni kutib turganini hali bilmas edim… Keyin men Solovyovdan menga Toshkentga tezda bilet topib berishlarini so‘radim, zudlik bilan Toshkentga borishim kerakligini aytdim. U kishi ikkita bilet olingani va kasalligiga qaramay men bilan birga Toshkentaga borishini aytdi. Shunda Solovyov hamma yigitlarni birma-bir ko‘z oldidan o‘tkazib, qanchalik ularga ishongani, ularga yahshi tarbiya berganini g‘urur bilan qayta qayta ta’kidlardi. Darhaqiqat V.D.Solovyovning ”Pahtakor” jamoasiaga katta mehnati singan. U kishi Fedorov, An, Hadzipanakis, Ashirov va boshqa yigitlarimizning oyoqqa turishida ancha hissasi bor. Kechasi biz V.D.Solovyov bilan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Shu payt hayajonlanganimdanmi yoki asabiylashganimdanmi, bilmadim, oyog‘imda yana qattiq og‘rik seza boshladim, buni o‘zimdan bo‘lak hech kimga bildirmaslikka harakat qilib, yana hassaga tayanishga majbur buldim…
MOTAMGA BURKANGAN O‘ZBEKISTON
1979 yilning 12-avgusti. Erta tong, soat 5.00 Toshkentga etib keldik, taksi bilan tezda O‘zbekiston futbol federatsiyasiga bordik. Federatsiya binosiga kirsak, odam liq to‘la… Men federatsiyadagilardan kimlar halok bo‘lgani haqida so‘raganimda hali hech narsa ma’lum emasligini aytishdi. Kun yorisha borgan sari butun Toshkent borgan sari motamga o‘rala boshlangadek tuyuldi, hamma erda bitta gap… butun jamoa halok bo‘libdi… Ammo, sobiq markazning buyrug‘iga binoan, bu fojea haqida na Moskva, va na Toshkent hech qanday ahborot berishmadi. Lekin, o‘zbek futbol muhlislari bu haqda AQSHning “Ozodlik” radiosi tarqatgan bayonnomasidan bilib qolishdi, va bu mudhish xabar tezda butun O‘zbekistonga tarqab ketdi…
AMERIKANING “KOSMOS” JAMOASIDAN KELGAN BIRINCHI TA’ZIYA TELEGRAMMASI
O‘zbekiston futbol federatsiyasi binosida ko‘zim qandaydir galati halkaro, rasmiyi telegrammaga tushib qoldi. Pahtakor jamoasining halokatga uchrashi sababli birinchi taziya telegrammasi AQSHdan, New Yorkning mashhur “Kosmos” futbol jamoasi klubidan kelibdi. Fojea haqida O‘zbekiston halqi, umuman hali hech kim, aniq ma’lumotga ega emas edilar. Bilishimcha, halokat yuz berganidan so‘ng, 15-20 daqiqadan keyin ushbu telegramma O‘zbekistonga etib kelgan ekan. 2-3 kundan keyin esa, “Pahtakor” stadioni yonidagi katta maydonda, O‘zbekiston sport qo‘mitasi binosi yonida katta stendlar o‘rnatilib nafaqat sobiq ittifoqdan, Evropa, Osiyo, Afrika va Amerikadan minglab ta’ziya telegrammalari kela boshladi. Barcha muhlislar kelayotgan telegrammalarni o‘qishga haqli edilar…
PAHTAKOR FOJIASI VA SHAROF RASHIDOV
12-avgust, soat 9.00. Biz O‘zbekiston sport qo‘mitasiga bordik. U erda bizni mazkur qo‘mita raisi, Mirzaolim aka Ibrohimov o‘zlari kutib oldilar. Birozdan so‘ng bizlarni O‘zbekistonning o‘sha payitdagi rahbari Sharof Rashidov huzuriga olib borishdi. Bilasizmi, o‘shanda Sharof Rashidovich ham bizlarni ko‘zlaridagi yosh bilan kutib oldilar… Men hassaga tayangan holda u kishiga yaqinlashdim, u kishi meni o‘z bag‘irlariga bosib, - Bolam seni parvardigorni o‘zi saqlab qoldi, lekin yigitlarimiz juda yosh ketishdi, essiz, essiz, endi nima qilamiz? - deb aytgan so‘zlari hamon qulogimda chalinib turibdi. Sharof Rashidovich meni o‘z ug‘liday ko‘rardilar. Men shundan juda g‘ururlanardim, bu albatta menga qo‘shimcha ma’suliyat yuklardi va men futbol maydonida bor kuchim bilan harakat qilishga oshiqardim.. Sharof aka haqida gap ketganida u kishining o‘zbek futbolini rivojlanishiga qo‘shgan hissasini 1-2 so‘z bilan ifoda etish juda mushkul. U kishi honalarida o‘tirib “Pahtakor”da bo‘layotgan hamma ishlardan habarlari bor edi. Jamoani doimo qullab-quvvtalab turardilar. O‘zlari ham vaqtlari bo‘lganda stadionga kelib muhlislik qilardilar. Ko‘zga ko‘ringan barcha futbolchilar bilan bir necha martalab suhbatlashgan.
Umuman olsak, “Pahtakor”ni sobiq SSSR jamoalari orasida obro‘sini oshirishda u kishining hizmatlari beqiyos. 1956 yili “Pahtakor” markaziy stadionini bunyod etilishi, jamoaning mahhaliy, turli millat vakillaridan iborat yigitlardan tashkil qilinishi, sobiq ittifoqning mana-man degan jahonga mashhur murabbiylarini Toshkentga taklif qilib o‘zbek futbolini rivojlantirishida u kishining roli katta bo‘lgan. Aynan, 1962 va 1982 yillarda “Pahtakor” jamoasini oily ligada kuchli oltilikdan o‘rin egallashida ham u kishining ro‘li beqiyos, yana shu narsana aytmoqchimanki agar avia-halokat sodir bo‘lmaganida iqtidorli yoshlaradan tashkil topgan “Pahtakor-79” o‘sha yili, yoki keyingi yili albatda SSSR chempioni bo‘lishiga ishonchim komil edi.
Agar esingizda bo‘lsa, o‘sha “Pahtakor” stadioni yoniga kuniga kamida 30-40 ming futbol muhlislari kelishib, pahtakorchilarni qachon olib kelishadi? Qaerga dafn qilishadi? - deb so‘rashardilar... O‘sha uchrashuvda Sharof Rashidovich, menga va V.D Solovyovga murojaat qilib, sizlar marhum pahtakorchilarga juda yaqin bo‘lgan insonsizlar. Bugun muhlislar sizlarga termulib qarab turishibdi. Halqqa fojeani to‘g‘ri tushuntirib, pahtakorchilarni yaqin vaqtda olib kelishlarini va albatda bir joyga dafn qilinishlarini aytinglar, deb iltimos qildilar. Bilib bo‘ulmaydi, halq olomonga aylanib ketib turli hil to‘polnlar bo‘lishi mukinligini esdan chiqarmanglar, hamasini yotig‘i bilan tushuntiringlar, deb tayinladilar. Men shahsan har kuni 4-5 marta o‘sha stadion oldida yigilgan muhlislarga sobiq pahtakorchilar haqida, ko‘mish marosimini tashkil qilish komissiyaning qarorlari haqida va boshqa savollar hususida chiqishlar qildim.
Keyin Sharof Rashidovich, bizlardan yigitlarni olib kelishganlaridan keyin qaerga dafn qilish kerakligi haqida so‘radilar. O‘shanda men birinchi bo‘lib o‘z fikrimni bildirdim. “Pahtakor” stadioniga kirivurishdagi tepalik joyida katta maydon bor. U erda memorial kompleksini tashkil qilib yigitlarning hammasini o‘sha erda dafn qilinsa, yahshi bo‘lar edi deb taklif qiritdim. Gavjum joy, “Pahtakor” stadionida har doim futbol o‘yini bo‘lib turadi, muhlislar har doim kirib ziyorat qilshardi, o‘sha joy doimo gularga to‘lib turishini ta’kidladim. Sharof Rashidovichga ham bu taklif ma’qul bo‘ldi. Ammo, keyinchalik barcha halok bo‘lganlarning ko‘pchilk ota-onalariga bu taklif ma’qul bo‘lmadi. Turli millat vakillaridan iborat oilalar halok bo‘lgan farzandlarini o‘z urf-odatlari bo‘yicha ko‘mishlariga ruhsat berishlarini so‘rashdi. Yana bir narsani aytib o‘tish kerak dafn marosimlarini hammasini davlat o‘z zimmasiga oldi, oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi, nafaqalar tayinlandi.
“PAHTAKOR-79” BILAN SO‘NGI VIDOLASHUV…
1979 yilning 18-avgusti. “Toshkent” xalqaro aeroportiga mahsus samoletda Dnepropetrovskdan marhum “17 pahtakorchi”larning jasadlari solingan tobutlar olib kelindi... Bu dahshatli manzarani ko‘rishni o‘zi naqadar og‘ir edi… Aeroportning o‘zida bo‘lib o‘utgan katta motam mitingida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Oqil Umirzokov, futbol jonkuyari Jura Honazarov, Vyacheslav Solovyov, men va boshqalar so‘zga chiqdik. Hammaning yuzida chuqur qayg‘u, dard, alam, ko‘zlarida yosh… Gul alvonlarga o‘ralgan 17ta tobutlar oldida marhum pahtakorchilarning katta foto-suratlari qo‘yilgan, har birining yonida ota-onalari, oila a’zolari va yaqinlari ko’zlarida yosh bilan turishibdi… U tomonga qarashani o‘zi men uchun dahshat edi… Ko‘zimdan esa tinmay yosh oqaverardi…
Mitingda shuningdek sobiq ittifoq chempionatning birinchi va ikkinchi ligada ishtirok etayotgan barcha O‘zbekistonlik futbol jamoalar, Kozog‘istondan “Qayrat”, Tojikistondan “Pomir”, Turkmanistondan “Stroitel”, Kirgizistondan “Olga”, Moskva futbol federatsiyasi va boshqa futbol jamoalari vakillari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shu kuni “17 pahtakorchi”lardan faqat beshtasi “Botkin” qabristoniga qo‘yildi. Qolganlarini oila a’zolarining iltimosiga ko‘ra turli shahar va qishloqlardagi qabrstonlarga dafn qilishdi. Bir necha yildan so‘ng, “Botkina” qabrstonida, o‘shanda men taklif qilgan memorial kompleksi tashkil qilindi. Aytganimday, u er hamisha turli millat va dinga mansub futbol muhlislari bilan gavjum. Ramziy qabrlar esa doimo gullar bilan burkanib yotibdi. Men ham u erga tez-tez borib marhum do‘stlarimni ziyorat qilaman…
“PAHTAKOR” YANGI JAMOSAINI TIKLANISHI
Toshkentda Pahtakorning yangi jamoasini tuzish borasida ishlar qizgin boshlandi. Uning orasida Oleg Bazileevich ham komandani tark etgan edi. SSSR futbol federatsiyasi qo‘lidan kelganicha yangi jamoaga har taraflama yordam ko‘rsatdi. Pahtakor tarkibiga qo‘shilib, avvalambor halok bo‘lgan futbolchilar hotirasini hurmat qilib to‘p surganlarga men yana bir bor o‘z minnadorchiligimni bildirmokchiman. Ammo, hamma kelgan futbolchilar bunday ma’suliyatli, insonparvar vazifani to‘liq ado etdilar deyishga ojizman. Keling bu haqda boshqa payt alohida gaplashaylik…
INSONPARVAR GRUZIN FUTBOLCHILARINING E’TIBORI
“Pahtakor” yangi futbol jamoasi tuzildi. Toshkentdagi birinchi o‘yin Tbilisining “Dinamo” jamoasiga qarshi edi. O‘shanda katta murabbiy Nodar Ahalkatsi, jamoa kapitani, Fedorov va Anlarning yaqin do‘sti David Kipiani bo‘lgan edi. Jamoada Chivadze, Daraseliya va boshqa mashhur o‘yinchilar bor edi. Men ham Davidni juda yahshi bilar edim, ularni kutib olish uchun aeroportga chiqdim. Borsak, bir noodatiy manzaraga ko‘zim tushib qoldi… samoletning ichi gul bilan to‘la. David Kipiani va boshqalar ko‘zlarida yosh, yig‘i bilan samoletdan birin ketin to‘sha boshlashdi. Ular bilan qadrdonlarday yig‘lashib ko‘rishdik, bir oz dardlashdik… O‘shanda David Kipiani menga Tbilisi stadionida “Pahtakor” futbol jamoasiga qanday hurmat bajo keltirilgani, barcha futbol muhlislari pahtakorchilar hotirasiga sukut saqlashlari, ko‘pchiligining ko‘zlarida yosh qalkigani va futbol maydonida bo‘layotgan ushbu ta’sirchan manzarani Gruziya televideniyasi sharhlovchisi, mashhur Kote Maharadzening iliq, qalbdan chiqqan va barchaganing yuragiga o‘qdek qadalgan dil so‘zlari bilan butun respublikani yig‘latgani haqida gapirib berganida, men bu ta’sirli gaplarni eshita turib chidolmay yig‘lab yubordim, menga qo‘shilib Davidning o‘zi ham yig‘ladi…So‘ngra ularni “O‘zbekiston ” mehmonxonasiga taklif qilib, bir oz damolishlarini aytdim. Ular esa, bizlarni avval qabirstonga olib borasizlar, keyin mehmonxonaga boramiz, deb turib olishdi.
Soat endigina 4 bo‘lgan edi, aeroportda bir piyola choy ichib soat 5 larga yaqin ularni “Botkina” qabristoniga olib bordik. David Kipiani 5ta mozorni ko‘rib qolgan pahtakorchilarning mozorlari, hususan Mihail Anning mozori qaerdaligini so‘radi. So‘ngra Mihail An ko‘milgan Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sverdlov” nomli kolhozga qarab ketdik. Mozorlarda, barcha Gruzin futbolchilari turnalar o‘hashab qator safga turishib har bir qabr ustida tik turib yig‘ladilar va o‘zlarining hristian udumlari bo‘yicha ulganlar ruhiga duolar o‘qildilar.
Bu voqeaga mana, 31 yil bo‘libdi, endi bu gaplarni ochiq aytsam ham bo‘lar. Oldin David Kipiani butun jamoa nomodan bizlarga va o‘zbek halqiga barcha gruziyaliklar va shahsan o‘zlarining nomlaridan chuqur hamdardlik bildirishdi. O‘sha paytda gruziyalik futbolchilar uchun SSSR chempionatining boshqa liderlari kabi har bir ochko juda muhim edi. Ammo, David meni alohida, o‘zining yoniga chaqirib quyidagilarni aytdi: Bu motam kunalirda biz sizlarni mag‘lub etishga haqqimiz yoq! Bizning bugungi o‘yinimiz O‘zbekiston halqiga, marhum pahtakorchi do‘stlarimiz hotirasiga bizning futbol jamoamiz tomondan ko‘rastilgan e’tirof va chukur hurmatimiz ramzi deb qabul qilarsizlar, dedi… Darhaqiqat, yangi tuzilgan “Pahtakor” jamoasi o‘shanda Toshkentda o‘zining birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Stadionga 60 000dan ortiq muhlis etib keldi, o‘shanda pahtakorchilar Tbilisining “Dinamo” jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi, David Kipiani esa o‘z jamoadosh do‘stlari bilan insonparvarlik burchini ado etganliklaridan mamnun bo‘lgan holda boshlarini baland ko‘tarib, gruzinlarga hos mag‘rurlik bilan stadionni tark etishgan edi...
MARHUM DO‘STLARIMNING FOJIADAN OLDIN G‘ALATI GAPLARI VA QILIQLARI…
IDGAY TAZETDINOV: Idgay Borisovich, juda ziyoli va aqlli inson bo‘lgan edi. Jamoa futbolchilari uni juda hurmat qilishib o‘zlariga yaqin tutar edilar. Bo‘sh vaqtlarimizda birpas hordiq chiqarganimizda qiziq-qiziq voqealardan gapirib berardilar. Trener sifatida juda kuchli mutahassis bo‘lgan. U kishi bilan bog‘liq bir voqeani gapirib beraman: Kochetkovning trenerlik paytida bizlarni Nepalga taklif qilishgan. O‘yin juda qiziqarli voqealar ostida o‘tgandi. Biz u erda juda chiroyli o‘yin ko‘rsatib yirik g‘alabaga erishganmiz. Samoletda qaytayotganimizda, men Fedorov bilan murabiylarimiz Kochetkov va Tazetdinov yonida o‘tirib qoldik. Gaplarimiz juda qiziqarli o‘tayotgan edi. Nima ham bo‘lib, Volodya Fedorov Tazetdinovga qarab yoshini so‘rab qoldi, Tazetdinov 46daman deb javob qaytardi. Volodya shunda 14 yil qolibdi deb qoldi… hammamiz pensiya yoshimikan, yubeleymikan deb tushundik, keyin V.Fedorov o‘zicha, sekin ovozda, - u kishini vafotigacha, deb qo‘ydi… O‘shanda Tazetdinov ham tinch turmay, ehtimol sen bilan birga bir kunda o‘larmiz, deb u ham sovuqkina javob qaytardi.… Men bularni eslab, ularda qandaydir belgi bo‘lganmikan degan hayolga boraman. Qariyalarimiz gapiradiku, yahshi gapha ham, yomon gapga ham parishtalar omin derkan…
MANSUR TOLIBJONOV: Mansur aka tugrisida gapirganimda, men u kishining oliyjanobligi, bizlarga bo‘lgan gamhurligi, bizlar bilan hamnafas bo‘lib harakat kilishini va odamiylik hislatlarini katta hurmat bilan eslayman. Kasal bo‘lib yotgasnimda, menga o‘sha paytdagi obro‘li mashinalardan hisoblangan “Jiguli” engil avtomobili ajratilganini habar qilshdi. O‘shanda mening yurishimga holim yo‘q edi, Mansur akamga murojaat qilib o‘sha mashinani “06” markasini olib berishlarini iltimos qildim. Mashinani sotib olish pulini otamdan olasiz dedim. Kechqurun kasalxonaga Mansur aka yahshi kayfiyatda kirib keldilar va mana mashinangizni kalitini olib ko‘yingchi, deb kalitni menga o‘zatdilar.
Men ancha suyundim, keyin mashina haydayolmasligimni aytib uni uyga olib borishlarini iltimos qildim, shu orada mashina puli 1000 rublga oshgan ekan (1979yil), lekin pul masalasida gap ochganimda, oldin oyog‘ingni to‘zatib olgin, qolgan gapni keyin gaplashamiz deb, o‘zlari etmayotgan 1000 rublni qo‘shib yuborgan ekanlar. Men buni nimaga gapiryapman, avvaloambor u yigitlarni eslash va ularning yahshi hislatlarini gapirib berish edi. O‘sha kuni Moskvaga ketayotganimda Mansur akamga pullarini qaytarib beray deganimda, hali Moskvada qancha bo‘lishing no’malum, mayli yonigda bo‘lib tursin kam-ko‘stiga ishlatarsan, deb pulimni olmadilar.
O‘zbek udumlarimizda har doim qarzni qaytarish kerakligiga katta ahamiyat beriladi, bilasiz, hattoki janoza o‘kilishidan oldin ham marhumning qarzi bormidi, degan gaplar ham aytiladi. Mansur akadan 1000 rubl qarz bo‘lib qolgan edim. O‘sha qarzni endi kimga olib borib berganim tug‘ri bo‘ladi, ota-onasigami yoki ayollarigami? Ko‘pchilk tanishlarim, albatda oilasiga olib boring deyishdi. Kennoyimiz Yuldo‘z opaga pulni olib borganimda, ularning ko‘zlariga yosh kelib Mansur akamlardan ko‘pchilik qarz bo‘lgan ekan, ammo faqat siz olib kelib berdingzi, deb aytgan edilar. Kennoyim menga aytdilarki, Mansur aka huddi bir narsani sezganday, ketishlaridan bir kun oldin mana bu erga kimdan kancha karzi borligi va kimlar karz olganlarini yozib ketgan edilar… Yulduz opa bizlarga yana boshqa gaplarni aytib bergan edilar: “Pahtakor”chilar doimo safarga borib-kelishardi, hech vaqt karindoshlar bilan bunchalik hayirlashmasdilar. Hamma yaqinlarini borib ko‘rdilar, kechqurun ham juda bezovta bo‘ldilar, menga bolalik va o‘smirlik davridagi ko‘rgan qiyinchiliklari, hayoti haqida, hech qachon gapirmagan voqealar to‘g‘risida gapirdilar. Shunda nimagadir o‘lim tug‘risida ko‘p gapirdilar. O‘shanda bitta gap aytilar, Yulduzxon, o‘lim haq, u menga faqat osmoni falakdan keladi… b ilaman, men erda o‘lmasam kerak...
VLADIMIR FEDOROV. Vladimir Fedorov o‘zbek futbolining yorqin yuldo‘zi, eng mashur futbolchilaridan biri. U yoshlar o‘rtasida Evropa chempioni, Olimpiya o‘yinlarining “bronza” sovrindori, bir necha marta sobiq ittifoq milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan. U O‘zbek futbolchilari orasida birinchi bo‘lib “Halqaro klasdagi sprot masteri” unvoniga sazovar bo‘lgan. Vladimir bilan biz juda inoq va yahshi do‘st edik. Mehmonxonalarda biz asosan birga turar edik, u ko‘pgina sirlarini ham menga ochar edi… Esingizda bo‘lsa, Valeriy Labonovskiy davrida SSSR terma jamoasi tarkibida faqat Kievning dinamochilari o‘ynagan paytida jamoaga faqat bitta Vladimir Fedorov kiritilgan edi halos. Ukraina mutassadilari va shahsan Valeriy Labonovskiy Fedorovni bir necha marta “Dinamo” tarkibiga chakirishgan, unga juda katta va’dalar qilingan… O‘shanda men unga, Volodya nimaga Kievga ketmayapsan? u erda hamma narsa muhayo, hamma narsaga erishsang bo‘ladi, derdim. U bo‘lsa, men bir oddiy to‘ytepalik yigit edim, bundan tashqari meni ukrain halqi emas, o‘zbek halqi ederdi, ichirdi, tarbiya berdi, o‘qittdi… hulas odam qildi... Shu zaminda to‘p surib dunyoga mashhur bo‘ldim… Endi qarzimni Ona zaminga qaytarish vaqti keldi. Yana bir narsani bilib qo‘ying, “Pahtakor” SSSR chempioni bo‘lmasdan men bu erdan hech qaerga ketmayman. Mana sizga oddiy bir o‘zbekistonlikning fidoyiligi va halqimizga bo‘lgan hurmati va munosabati. Volodya O‘zbekistonni jon dilidan sevar edi va g‘urulanardi. Bu hozirgi yoshlarimizga ibrat bo‘lishi kerak.
Volodya haqida yana bir narsani gapirib bermoqchiman. Bir kuni “Pahtakor” stadioni yaqinida bir restoranda rafiqam bilan ovqatlanib o‘tirgan edik. Zalga kayfiyati buzuq, g‘amgin Volodya Fedorov kirib qoldi. Bir oz ichib olganga ham o‘hshadi. Uni oldimga chaqirib oldim. Nima bo‘ldi senga, o‘rtoqjon, kechqurun mashg’ulotlar bor-ku? - deb, so‘ragan edim. U bo‘lsa, oqsoqol, bilasizmi, baribir biz aviahalokatda o‘lamiz, shuning uchun bugun bir oz ichdim, - deb javob berdi… Men uni yomon fikrlarga bormasligini aytib qoyidim. Restorandagi bu uchrashuvimiz fojeadan biro y oldin, 11- iyul 1979 yil bo‘lib o‘tgan edi. Keyinchalik bu haqda jiddiy hayol qilganimda bir narsaga tushundimki, insonning ko‘ngliga buni Allohning o’zi solar ekan…
MIHAIL AN. Mihail An o‘zbek fubolining iftihori edi. U ham 1976 yili sobiq ittifoq yoshlar terma jamoasida kapitan edi, o‘shanda u Evropa chempioni bo‘ldi. Unga o‘shanda “Halkaro klasdagi sport masteri” unvoni berilgan. 1979 yilning bahorida Misha sobiq ittifoq milliy terma jamoasi tarkibida AQSHning Los-Anjeles shagrida halqaro turnirda ishtirok etdi. O‘sha turnirda Misha “eng yahsi yarim himoyachi” deb e’tirof etildi. Amerikaning barcha sport gazetalari Mihail An to‘grisida katta-katta maqolalar chop etishdi.“Futbol” jurnali esa birinchi betda O‘zbekistonda etishib chiqqan Mihail Anning katta fotosuratini chop etgan edi. O‘sha jurnaldan birini Misha menga ham hadya qilgan edi. Barcha o‘yinlarda Misha “derijerlik” vazifasini juda yahshi bajarar edi. Fedorov-Хаdzipanagis-An uchligi ham, ko‘pchilk dongdor jamoalarga havf solardi, ularga men ham tez-tez qo‘shilib hujumkorlikni yuqori darajaga ko‘tarib yuborardik. Bir qiyoslang, bir o‘yinda kim burchakdan (uglovoydan) qatorasiga ikki marta gol kiritgan? Faqatgina Mihail An kiritgan. Qani bugungi futbolchilarimiz bir urinib ko‘rishsinchi, shunday gol kiritishni eplay olisharmikan?
Misha ham Minskdagi o‘yinga bormasligi kerak edi. “Zarya” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda u qattiq jarohat olgan edi…, lekin qandaydir kuch uni o‘sha kuni aeroportga etakladi… huddi “kuyov bolaga” o‘hshab, zamonaviy, chiroyli shim-kostyum kiyib o‘z oyog‘i bilan o‘sha kuni aeroportga kelib yigitlar bu o‘yinda o‘ynay olmasamda chettda turib sizlarni qullab-quvvatlayman, sizlar bilan Minskka boraman, deganida hammaligi hursand bo‘lishibdi. Aslida esa Misha samoletda uchishdan juda qo‘rqardi, har doim yosh boladay o‘zini noqulay sezardi… Bu gal esa u o‘z oyog‘i bilan kelib yigitlarimiz bilan birga samoletda uchib ketdi...
Men uchun eng dahshatlisi, yigitlarimizning ota-onasiga fojia haqida habar berish edi… Men “Politotdel” kolxozida yashovchi Mihail Anning ota –onasidan habar olgani bordim. O‘sha motam kunlari kasalim nimagadir yana ko‘zg’agan edi. O‘zim qo‘ltiq-tayoqda kirib borganimda onai zor meni ko‘rib dodlab yig‘lab ko‘rishdi. Bu uyga biz tez-tez kelib turardik... Onajon shunchalik hayajonlanganidan hatto ko‘ynaklarimgacha yirtib yubordilar… invalid bo‘lsa ham mayli edi, faqat tirik bo‘lsa edi, deb ohu-zorlariga ayollar u yoqda tursin, erkaklar ham chidamay ho‘ngrab yiglashdi… Keyinchalik bilsam, onai zor Mishani o‘lganiga ishonmay, to o‘zi hayotdan ko‘z yumgunga qadar eshikka qarab ug‘lini poylab jon beribdi…
SERGEY POKATILOV: Juda ajoyib inson bo‘lgan, o‘zi asli Ashhaboddan bo‘lgan. U juda mehnatsevar inson edi, uning bo‘sh vaqti umuman bo‘lmasdi, har doim mashq qilib turardi. Yana bir narsani aytmokchiman, buni hamma ham bilmagan. Uning elkasi (klyuchitsasi) doimo chiqib ketaverardi. O‘sha elkasi chikib ketmasligi uchun hirurglar unga spitsa kirgizilgan… U har doim o‘sha spitsa bilan darbozada turardi.. bir o‘ylab ko‘ring? Shunchalik futbolga ishqiboz va fidoyi edi. Uning bir odati bor edi, qachon uning jahli chiqsa, o‘shanda darbozada zo‘r turib, eng og‘ir to‘plarni ham olardi. Uning jahlini chiqarish kerak edi… Biz ham turli yo‘llar bilan uni jahlini chiqarishga harakat qilardik. Sereja oilasiga juda mehribon, yangi tug‘ilgan qizalog‘ini juda yahshi ko‘rardi. Yonida doimo uning va rafikasini rasmlarini olib yurardi. Rafiqasi Iren ham ajoib inson. Bir kuni Iren ham bizga Sereja bilan bog‘liq qiziq bir holatni gapirib berdi. Sereja uchib ketganidan sal vaqt o‘tib, uyda qizalog‘iga ovkat tayorlashga kirishibdi. Shunda qizalogi birdan chinqirib o‘yg‘onib ketibdi, bolani ko‘tarib qo‘liga oladi, ko’zi behos uyda osilib turgan Serejani rasmiga tushibdi. Shunda uning ko‘zlariga tikilib qoldim… o‘shanda menda, behos: Sereja sen nega menga jonsiz ko‘zlaring bilan qarayapsan, degan hayollar utdi… Bolani bagrimga bosib darhol o‘zimni qo‘lga oldim. Keyinchalik bilsam aynan ana shu daqiqalarda ularning joni uzilibdi…
OLIM ASHIROV: Olimjon inson sifatida tengi yo‘q, kamtarin, odamshavanda inson edi, gaplashsangiz gaplashgiz kelaveradi. Futbolchi sifatida esa, o‘z ishini ustasi –professional bo‘lgan. Olimjon 11 yoshidan Toshkentdagi Respublika sport-internatida futbol sirlarini o‘rgana boshladi. U keyinchalik juda iqtidorli himoyachi bo‘lib etishadi. U O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan. Keyinchalik V.D. Solovyovning nazariga tushib qoldi… Shu-shu ular ota boladay bo‘lib qolshdi. 1979 yili esa Olimjon sobiq ittifoq olimpiya terma jamoasiga nomzod etib ko‘rsatildi. Olimjon bilan biz huddi aka-ukaday edik. Bir kun unga 15 yildan beri katta futboldamiz, futbolni yahshi va yomon taraflari bor, bizlardan faqat yahshi tomonini olinglar, deb maslahat berdim. Men “Pahtakor” an’anasi davomchilarini ko‘rib ichimdan sevinardim, chunki Federov, An, Ashirpovlarga o‘hshagan futbolchilarni SSSRning mana-man degan futbol jamoalari jon-jon, deb olishardi. Olimjon ichmasdi, chekmasdi, kelishgan, chiroyli kiyinib yurardi. U menga har doim Abdulla Qodriyning Otabegini eslatardi… Oilasiga juda sodiq bo‘lib ikala o‘g‘illini yahshi ko‘rardi. Ular ham otasining izidan borishdi. Bundan 5-6 yil ilgari Olimning katta ug‘li ug‘illik bo‘libdi… Uning ismini Olimjon Ashirov deb qo‘yishibdi. Ajab emas yaqin yillarda Olimjon Ashirovni yana “Pahtakor” jamoasi tarkibida ko‘rsak. Ilohim umri belan bergan bo‘lsin, kam deganda buvasiga o‘shagan inson bo‘lsin…
YURIY ZAGUMENNIH: Asli u katta futbolni Xabarovskning “Luch” jamoasida boshlagan. Keyinchalik Leningradning “Zenit” klubida olti yilga yaqin ancha chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. U mashhur murabbiy Pavel Sadirining yaqin do‘sti bo‘lgan. Bu o‘yinchini qahramon desak adashmayman. Mehmonxonda ko‘pchilk asosan engil kiyimda yoki faqat shortikda yurar edik. Bir kun uning orqasiga ko‘zim tushib qoldi, uning bo‘ynidan tortib beligacha hamma eri kesilib operatsiyaning izlariga ko‘zim tushgandi. Undan uzr so‘rab bu izlarni sababini so‘radim. Uning gapiga qaraganda u bundan bir necha yil oldin paralich kasaliga chalingan ekan. “Zenit”da o‘ynayotganida umurtqa pog‘onasi jiddiy jarohat olgan. Bir necha soat davom etgan jiddiy opertasiyadan so‘ng, Yuriy o‘ziga keladi, oldidagi vrachga birinchi bergan savoli kuyidagicha bo‘libdi: Men futbol o‘ynaymanmi? Doktor esa shunday javob beribdi: Siz yashaysiz…
Shundan so‘ng u paralich bo‘lib, etti oy shipga qarab karovatda yotadi… “Zenit” jamoasi uni allaqachon jamoa tarkibidan chiqarib yuborgan ekan. Ilgari shunaqa edi, kasal bo‘lib yoki mayib bo‘lib qolsangiz hech kimga kerak bo‘lmay qolardingiz, bu sovetlar tizimi basharasining bir ko‘rinishi edi halos. Bu tizim mashhur futbolchilarni boshiga qanchadan-qancha malomatlar soldi, ular orasida: Eduard Strelsov, Igor Netto, Valeriy Voronin, Gennadiy Krasnitskiy, Horen Ogonesyan va boshqa ko‘plab futbolchilarni nomlarini keltirishim mukin. Hozirgi zamonda esa kontrakt tizimi bunaqangi “o‘yinlarga” chek qo‘ydi.
Unga birinchi gruppa invalidi degan tashxis quyiladi va hech narsa qilmaslik, faqat shipga qarab karovatda yotish tavsiya qilinadi. Uning matonatiga qoyil qolmnasdan ilojingiz yoq. Futbolga bo‘lgan mehri shunchalik kuchli bo‘lganki, baribir katta futbolga qaytaman, deb o‘z oldiga mushkul vazifani quyadi. Kasal bo‘lishiga qaramay, u oldiniga oyoqda turishni o‘rganadi, keyinchalik sekin asta yurishga, undan so‘ng yugurishga va undan keyin esa futbol to‘pini tepishga kirishadi… Unga diagnoz qo‘yganlar va zenitchilar uning holatini ko‘rib hech ishonmasdilar. Ammo, “Zenit” uni bari bir jamoaga qaytarib olmaydi. Shunda “Pahtakor”ga yangi katta murabbiy etib tayinlangan, Yurani katta futbolga kelishiga sababchi bo‘lgan Aleksandr Kochetkov uni Toshkentga taklif qiladi. Ohir oqibat o‘z harakatlari va tirishqoqligi tufayli katta futbolga qaytadi va o‘z yulduzini Toshkentning “Pahtakor” jamoasida topadi.
ALEKSANDR KORCHENOV: Men bu yigitni intelligent, aristocratlar toifasiga kiritgan bo‘lar edim. Juda tajrbiyali va ziyoli inson edi. Davradagi suhbatni qizdirib o‘z bilimlari bilan hammani lol qoldirar edi. Unga hatto Volodya Fedrov va Misha Anlar ham tan berishardi. Unda liderlik qobliyati juda mujassam edi. Futbol maydonida tezlik borasida ham unga etadigani bo‘lmas edi. O‘z davrida u mashhur futbolchi Viktor Kolotov bilan yaqin do‘st bo‘lib bir jamoada to‘p surishgan. Uni Toshkenta V.D.Solovyov taklif qilgan. Yana bir gapni aytay, “Pahtakor” safida to‘p surgan rus va boshqa birodarlarimiz mahalliy urf-odatlarga juda jiddiy e’tibor qaratib katta hurmat bilan o‘z munosabatini bildirishardi. Masalan o‘zbeklarga hoz kattalarga hurmat bilan qarash kabi hislatlar ayniqsa Korchenovda kuchli edi. Yana bir holat esimga tushdi. Minskka ketishdan oldin, Sashaning rafiqasi qattiq shamollab kasal bo‘lib qoladi. U rahbarlardan ruhsat olib kolmokchi edi. Menimcha ruhsatni oldi ham… Ular asosan Anatoliy Mogilniy bilan juftlikda to‘p surishardi. Ketishga bir kun kolganda nimagadir Anatoliy Toshkentda qoladigan bo‘ldi va Aleksandr Korchenov kasal rafikasini uyda koldirishga majbur bo‘lib safarga otlandi…
SIROJITDIN BOZOROV: Keyingi avlod, asosiy tarkibda hali biror o‘yin o‘ynamagan, ammo, iqtidorli yoshlarimizdan biri bo‘lgan Sirojitdin Bozorov tug‘risida ham ancha iliq gaplarni aytishim mukin. U juda serg‘ayrat va baquvvat o‘yinchi bo‘lgan. Bu bolaning kelajagi katta bo‘lgan edi, buni hamma bilar edi va sekin asta uni katta futbolga tayorlab borishga kirishilgan edi. U O‘zbekiston yoshlar terma a’zosi edi. Maktab-internatni bitirganidan so‘ng “Pahtakor” jamoasi o‘rinbosarlar tarkibiga qabul qilngan. 11-avgustga kadar Toshkent Davlat fizkultura va sport instituti kirish ilinjisida imtihonlar topshirayotgan edi. U shuning uchun Minskka bormasdan bemalol imtihonlarni topshirsa bo‘lar edi. Ammo, bu uning harakterida emas edi. U futbol desa jonini bershga tayyor edi… Aslida, Toshkentga jiyanini kurgani tog‘asi keladi. Ular trenerning oldiga borib bir kunga javob so‘rashadi… va 11-avgust kuni asosiy tarkib bilan Minskka uchib borishga ruhsat oladi…
PAHTAKORNING SOBIQ MURABBIYI OLEG BAZILEEVICH HAQIDA FIKRLARIM
Bilasizmi, Oleg Bazileevich Buyuk futbol professori Valeriy Lobanovskiyning yaqin do‘usti, fikrdoshi va uning ishonchli odami bo‘lgan. Lobanovskiyning o‘sha paytda o‘uylab topgan taktikasi haligacha Evropa futbolida qo‘llanilib kelinmoqda. Bazileevichga ham undan ancha narsa yuqqan edi. Bu inson ham “Pahtakor” jamoasiga o‘z fikrlari va rejalari bilan kelgan, uncha-muncha narsalarni amalga oshirishga ham erishdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. U juda ziyoli, o‘kimishli inson. Gaplari ma’noli, yahshi inson. Zamonaviy uslublari juda progressiv edi. Ammo, qo‘llamokchi bo‘lgan 2-3 metodikasi menga yoqmagan edi. Men u kishiga bu haqda gapirgan edim ham. Mana bittasi, gap futbolchining bo‘yi bo‘yicha ketgan. U kishi aytidalrki zamonaviy futbolchining bo‘yi kamida 175 sm.dan kam bo‘lishi mumkin emas ekan.
Esingizda bo‘lsa o‘shanda pahtakorchilar Agishev, Sobirovlar va boshqa ko‘pchilik futbolchilar baland bo‘yli edi. Men o‘shanda gap bo‘ydamas deb, misol uchun Pele (170sm.), Maradona u undana ham past bo‘yli bo‘lgan, lekin ular Jahonga mashur futbolchilar bo‘lishdi. Mening bo‘yim ham 169 sm. bo‘lgan. Lekin bu menga 15 yildan beri “Pahtakor”da uynashimga hech halaqit bermayaoti dedim. Bugungi zamonaviy futbol bundan 31 yil avval men aytgan gaplarni tasdiqladi, masalan JARda Jahon chempionligiga erishgan Ispaniya jamoasi futbolchilari ham unchalik baland buylik emas-ku, huddi shunday Chili jamoasi va boshqalar. Mening fikrimcha futbolchining qanchalik bo‘yi past bo‘lsa uning shunchalik koordinatsiyasi baland bo‘ladi, kanchalik novcha bo‘lsa koordinatsiyasi shunchalik past bo‘ladi.
UNING “PAHTAKOR” JAMOASINI TARK ETISH SABABLARI
Oleg Bazileevichninfg ketishiga ko‘p narsa sabab bo‘ldi. Mening fikrimcha, Pahtakorchilarning halokatidan so‘ng uning aybi bo‘lmasada u halqimizga yoqmay qoldi… Dengizchilarda bir an’ana bor, kema halokatga uchraganda kapitan kemani ohirgi bo‘lib tark etadi. Birinchidan u jamoa bilan birga bo‘lmay, Sochiga hotinini oldiga oldinroq uchib ketgan. Nima bo‘lganda ham rasmiy o‘yinni tashkil qilish bu rahbar sifatida uning asosiy vazifasi bo‘lgan. Ko‘pchilkning fikriga ko‘ra birinchi rahbar sifatida u kishi o‘sha samoletda bo‘lishi shart edi. Ikkinchidan pahtakorchilarni ko‘mish marosimida u jamoani qayta tiklab marhum yigitlarni orzularini amalga oshirish to‘g‘risida gapirgan edi, so‘ngra u turli bahonalarni ro‘kach qilib Toshkentni tark etdi. Men bundan keyin u kishining hayoti bilan umuman qiziqmadim. Moskvaning TSSKA jamosaiga trenerlik qilib Toshkentga uchib kelganida stadiondagi muhlislar uni qanday kutib olganliklarini eslab o‘tishga hojat bo‘lmasa kerak… Umuman olganda esa Oleg Bazileevich Toshkentga kelganida komandamiz ancha yetuk, saralangan edi. Haqiqatdan ham shu komanda bilan chempion bo‘lsa bo‘lar edi. Bilmayman, ko‘z tekkanmi? Lekin ularning qismati shu ekan, biz bandalarning qo‘limizdan nima ham kelar edi…
“PAHTAKOR”JAMOASI MURABBIYLARI TO‘G‘RISIDA FIKRIM
Shunday vaqtlar bo‘lganki, har yili trenerlar o’zgarardi... Mana men o‘zim ko‘rgan trenerlarni aytishim mumkin: Meni katta futbol dargohiga Mihail Yakushin olib keldi, undan keyin komandamizni Boris Arkadev boshqardi, keyin Eliseev keldi, undan so’ng Bashashkin, Keller, Solovyov, Kochetkov kelishdi. Keyin Krasnitskiy, Kachalin keldi, ohirgisi Bazileevich bo‘ldi. Arkadev “Pahtakor”ni qabul qilganida 70 yoshga to‘lgan inson edi. Ular jahonga tanilgan SSSR futbolini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan insonlardan. O‘zimning hulosamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkin, o‘zbek futbolining rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan insonlardan Mihail Yakushinni va Vyacheslav Solovyovlar bo‘lgan. Bu ikkala murabiyning buyuk hizmati, ular asosan mahalliy o‘zbek futbolchilarini qidirib, topib katta futbolga jalb qilganlar. Keyin Eliseevni ham katta hizmatlaridan biri u pahtakorchilarni SSSR Kubogi o‘yinlarida finalgacha olib chiqqan murabbiy hisoblanadai. Yana 1962 va 1982 yillarda jamoani kuchli oltilkdan joy egallashiga olib chiqqan murabbiylarni ham ta’kidlab o‘tardim.
NIMA SABABDAN “PAHTAKOR” JAMOASINI TARK ETDIM…
Vaqt o’tib borardi. Jarohatim ham sekin asta tuzala boshladi. Lekin kayfiyatim kundan-kunga yomonslashib boraverardi… Meni nimagadir yangi tuzilgan jamoa hech ham qiziqtirmasdi. Qandaydir sovuqliq paydo bo‘la boshladi. Jamoani tark etishni rejalashtirdim, umuman katta futboldan ketishga qaror qildim. O‘shanda qattiq psihologik bosim ostida edim, hech narsa yoqmasdi, sen uchun juda muhim va qimmatli narsadan ajrab qolganday edim. Bu haqda darrov Sharaf Rashidovga ham habar qilishibdi. U kishi meni oldilariga chaqirtirib birinchi navbatda sog’ligim, kayfiyatim haqida so’radilar. Keyin komandadagi ahvol, vaziyat, chetdan etib kelgan futbolchilarning saviyasi va o‘yinlari haqida so’radilar. Hullas bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng yana pahtakorchilarga qo‘shildim… Aslida marhum pahtakorchilar ukalarim meni hurmatlab “oqsoqol” deb chaqirishardi… Qibraydagi bazamizda mashg‘lotlardan keyin hazil-huzil qilib o‘tirardik. Ammol, endilkda, qachon Qibrayga borsam yigitlarimizning siymosi ko‘z oldimda. Ko‘zimni yumdim deganimcha, ular birma-bir gavdalanib turardilar… Pahtakor stadioni maydoniga kirsam ham shunday vaziyatni sezardim…Endi yangi jamoa to‘zildi, ularning ichida men taniydigani faqat “Pahtakor”ni dubleridan qabul qilingan Yanovskiy va yana 1-2 o‘yinchilarimiz bor edi.
Qolganlarini men tanimasdim, eshitgan bo‘lishim mukin, o‘zingiz o‘ylab ko‘ringchi kim ham yahshi o‘yinchisini shundoq boshqa jamoaga berardi ham… Qibrayda meni Yanovskiy bilan bitta honaga joylashtirishdi. Gaplashib turganimizda birdaniga ko‘zim oyog‘im tagida o‘rmalashib yurgan kattagina chayonga tushib qoldi. Yanovskiy ham bu nima deb, hayron qolib qarab turgan edi. Keyin men chayonni o‘ldirib, birpas o‘ylanib, bu ham yahshilkni belgisimas deb, bir to‘htamga kelib boshqa “Pahtakor” libosini kiymayslikka qaror qildim. Yanovskiyga murabiylarga mening qarorimni etkazgin deb, kiyinib chiqib ketdim… Bu masalada meni yana rosa suhbatlarga chaqirishdi, lekin men hammalariga rad javobini berdim. Keyin meni yana Sharof akaning yoniga chaqirishdi, u kishi: - Yana nima bo‘ldi? Nimaga “Pahtakor”ga qo‘shilmayapsiz, - deganlarida, men yigitlarim ko‘zim oldimdan ketmayotganliklari, qolaversa kecha honamdan chayon chiqqanini aytib boshqa futbol uynamasligimni u kishiga aytdim, va meni boshqa “Pahtakor” safiga chaqirmasliklarini iltimos qildim. Sharof aka meni tug‘ri tushundilar va menga javob berdilar. Ammo u kishining menga nisbatan mehri va otalarcha g‘amhurligi shu bilan tugamagan edi. Hayirlasha turib menga futboldan o‘zoklashmasligim, o‘z ustimdan ishlashim va keyinchalik ehtimol “Pahtakor”ga trener sifatida qaytib kelishimga ishonch bildirdilar. Bu suhbatdan so‘ng meni hamma tinch quyib boshqa bu komandaga chaqirishmadi, men ham shu vaqt ishida ichki psihologik hissiyotlarimni to‘g‘irlab olib ishimni davom ettirish uchun Moskvadagi Oily trenerlar bilimgohiga yo‘l oldim...
BIZ “PAHTAKOR” JAMOASINING FIDOYILARI BO‘LGANMIZ
“Pahtakor” jamoasida to‘p surgan ko‘pchilik futbolchilar markazdagi katta mutahassislar nazariga tushib kolishgan edi. Afsus, uzun pul va tog‘-tog‘ va’dalarga ishonib komandamizni tark etganlar ham uchrab turardi. Lekin, aynan “Pahtakor-79” jamoasida to‘p surgan yulduzlarimiz o‘z jamoalari fidoyisi bo‘lib hech qanday boshqa jamoalarga o‘tmadik. Bizlarni bir maqsad bog‘lab turardi u ham bo‘lsa jonajon komandamizni yuqori o‘rinlarga olib chikish edi… Biz hammamiz shunday toifali bo‘lganmiz, uylaymanki aynan manashu hislatlar bizlarni bir-birimizga mahkam bog‘lab turgan. Meni ham “Torpedo” Moskva, “Chernomorets” Odessa jamoalari mashina beramiz, uy beramiz deb ko‘p marta chaqirishgan, lekin bizlardagi vatanga bo‘lgan fidoyiligimiz hamma narsadan ustun bo‘lganligi sababli boshqa jamoalarga o‘tmadik.
Bularni nimaga esladim? Hozirgi yoshlarga qarab hayron qolyapman, bizlar o‘sha paytda qaram davlat bo‘lganmiz. Shunday bo‘lsada ko‘pchilk o‘z yurti, O‘zbekistonga fidoyi bo‘lib qolaverdi. Hozir mustaqil davlatmiz, hamma eshiklar ochiq, dunyoga o‘zingni namoyon qilishing uchun hamma imkoniyatlar muhayyo. Futbolchi hohlasa “Milan”da, hohlasa “Chelsi”da, hohlasa “Barselona”da o‘ynash imkoniyati yratildi, faqat uning uchun ko‘p ishlab, ter to‘kib, o‘zini namoyon qilsih kerak. Afsus, aynan bu narsa bugungi kunda ko‘pchilk yoshlarimizda yetishmayapti… Fidoyilik masalasida o‘yinchilarimizda kamchilklar mavjud deb o‘ylayman.O‘zbekistonda shuncha sharoitlar yaratildi, jahon andozlaroiga javob beruvchi futbol maydonlari va boshqa sharoitlar yaratildi futbolchilardan faqat yahshi o‘yin talab qilinadi. Lekin, bugungi futbolchilar yaratilgan sharoitlarga javob beradigan o‘yin ko‘rsatishyaptimi? Bu savolga javob toppish juda qiyin. Bizlar bunday sharoitlarni etti uhlab tushimizda ko‘rmaganmiz, bunday futbol maydonlari bo‘lmagan, lekin jahonga mashhur futbolchilar etishib chiqdi. Qani ko‘rsatingchi stadionni markazidan gol kirita olgan, darvoz to‘rlarini yirtib yuborgan, burchakdan (uglovoydan) bir necha marta gollar kiritgan, o‘zining dribliblari bilan ko‘pchilkni lol qoldirgan bugungi Krasnitskiy, Abduraimov, Fedorov, Anlarni?
ULARNING NOMLARI BARHAYOT BULISHI KERAK
Mana shu mudhish vokeaga ham 30 yildan oshibdi, men bir narsadan qo‘rqaman, borib borib shu yigitlarimizning nomlari esedan chiqib ketmasmikan? To‘g‘ri, ularga bag‘ishlangan memorial bor, Kurilovka qishlogida stella bunyod etildi, ular haqida filmlar yaratildi, maqolalar chiqib turibdi, lekin mening fikrimcha bugungi jurnalistlarimiz manashunday yigitlarimizning o‘z vataniga sodiq bo‘lib hizmat qilganliklarini, o‘zaro milliy totuvlik, do‘stlik masalalarida ular ko‘rsatgan namunali futbol o‘yinlari va ularning insoniy fazilatlari haqida ko‘prok materiallar tayorlashsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ular o‘zbek futbolining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan yigitlardir. Ming afsus, hozirgi yohslarimiz ular haqida bugungi kunda kam ma’lumotlarga ega. Uylaymanki jurnalistlar bu haqda yozib turib halqni esiga solib turishi kerak.
GRETSIYADAN MAKTUB
Mening 60 yillik yubeley kunimda Grtesiyaning Saloniki shahridan mashhur futbolchimiz, birodarimiz va do‘stimiz Vasilis Xadzipanakisdan menga chiroyli bezalgan katta konvertda tabriknoma keldi. Vasilis o‘zining dil so‘zlari bilan birga, yana bir ma’noli gapni qo‘shib qo‘ydi: “Moy dorogoy Tulya! Nas ostalos malo, beregi sebya…” Haqqkatdan, bizning do‘stlarimizdan ko‘pchiligi aynan o‘sha 11 avgust kuni bu dunyoni tark etishdi… Biz Vasilis bilan tez-tez telefonlashib turamiz. Yaqinda telefon qilganida uchalamizni ya’ni: Fedorov-Xadzipanakis-Isakovlardan iborat uchlikni hujumga o‘tganda mashhur jamoalarning titrashlarini, hayajonlanishlarini esladik. Bundan tashqari orqadan og‘ir kavaleriya, Mihail An liderligida ikkinchi esholon qo‘llab quvvatlagnida hech qanday jamoa dosh bera olmasdi…
Bizning ma'lumotnoma: O‘zbekiston futbolining fahri, 60-70 yillarda ko‘zga ko‘ringan iqtidorli hujumchi To‘lagan Isoqov o‘zbek futbolining rivojlanishiga salomoqli hissa qo‘shdi. Uning ismi "Paxtakor-79" jamoasi bilan uzviy bog‘liq. 1966 yildan beri “Pahtakor” jamoasida to‘p surib kelgan. U 1949 yili Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tavallud topgan. Isoqov futbolga ilk qadamlarini poytaxtdagi eski shahar mavzesida joylashgan “Spartak” stadionida qo‘ydi. Unga to‘p tepishni murabbiy Ma’ruf Akbarov o‘rgatgan. 15 mavsum mamlakatning bosh jamoasi libosida maydonga tushgan. Oldingi chiziqda Krasnitskiy, Abduraimov, Fyodorov va An bilan osongina til topishgan hujumchi, jamoasi uchun o‘ta muhim gollarni kiritish unchalik qiyinchilik tug‘dirmasdi. U “Pahtakor” jamoasi tarkibida 52ta gol kiritdi. Hammamiz uchun mudxish kelgan 1979 yilgi mavsumdan keyin futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygan Isoqov uch yil Moskvadagi murabbiylarni o‘qitish oliy maktabida tahsil oldi. Yurtimizga qaytib kelgan sobiq hujumchi murabbiylik ishini boshladi. Bu orada ma’lum muddat Toshkent viloyati Sportqo‘mitasiga qarashli sport maktabiga rahbarlik qildi. 1989 yil uni V.Nosovning o‘rniga "Paxtakor"ga taklif etishdi. Keyin T. Isoqov O’FFda tizimida faoliyat yurgizdi. To‘lagan Isoqov shuningdek turli yillarda "Shahrixon","Surxon", "Zarafshon" va "Lokomotiv" klublarida bosh murabbiy vazifasida faoliyat yurgizdi.
Mavlon SHUKURZODA, “Interfutbol” gazetasining mahsus muhbiri, Vashington-Toshkent, 11-avgust 2010 yil.
11.08.2010